Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada yana bir “Korzinka” (+video)
13:30 / 2026-02-27

Bugun Farg‘ona shahrida aholi uchun quvonchli voqealardan biri ro‘y berdi. Shahar chetidagi dahalarning birida yangidan tashkil etilgan “Korzinka” do‘koni ochildi.

Ha, mamlakat iqtisodi rivojlanyapti. Lekin shu bilan bir paytda aholi turmush sharoiti yaxshilanib, uning ehtiyoji ham o‘smoqda. Uni qondirish uchun esa yuqori saviyadagi xizmat turlarini tashkil etish lozim. “Korzinka” oziq-ovqat va iste’mol mollari do‘koni tizimi yurtimizning barcha viloyatlarida bor. Birgina Farg‘ona viloyatida ularning soni 8 taga yetdi. Farg‘ona shahrining o‘zida bugun to‘rtinchi xalq sevib qolgan “Korzinka” ish boshladi.

– Do‘konlar tarmog‘ida marketing ishlari olib borildi. Shaharning shu massivida aholi zich, ammo oziq-ovqat do‘konlari kam edi. Shuning uchun bu yerga “Korzinka” do‘koni ochish loyihasi ma’qullandi, – deydi menejer Abror Abdurahimov. – Respublikadagi tizimning boshqa do‘konlarida qanday mahsulot turlari bo‘lsa, bu yerda ham ularning hammasi mavjud. Bugundan Ramazon oyi munosabati bilan  narxlarda 10 foizdan 30 foizgacha chegirmalar yo‘lga qo‘yildi. Eng katta chegirma go‘sht mahsulotiga belgilangan.  

Peshtaxtalar yurtimizda va xorijda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga to‘lib -toshgan. Har bir mahsulotdan xaridor tanlab olishi uchun bir necha turlari bor. Narxlar esa odatdagidan anchayin arzon. “Korzinka” mutasaddilarining aytishicha, bu narxlar Ramazondan keyin ham saqlanib qoladi. Bundan xaridorlar mamnun. Gulnoza Mirzakarimova tizim mijozi ekanini va yangi do‘kon qulayliklaridan xursandligini bildirdi.

– Ilgari shaharga tushishga majbur bo‘lar edik. Yo‘lkira va ortiqcha vaqt sarflar edik. Endi aholiga juda qulay bo‘ldi. Istagan paytimizda do‘kon xizmatidan foydalanimiz, – deydi xaridor Gulnoza Mirzakarimova. – Bu yerdagi narxlar boshqa supermarketlarga nisbatan arzon ekan. Mahsulotlar esa sifatli, yaroqlilik muddati o‘tmagan.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kiblQdPi-Ok" title="Farg`onada yana bir “Korzinka”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(video, surat), O‘zA