FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida zamon talablariga mos yangi xususiy ta’lim maskani ishga tushirildi. Tuman markazidan 30 kilometr uzoqlikdagi Bog‘ish mahallasida barpo etilgan mazkur 840 o‘rinli “Mendeleyev school” maktabining qurilish ishlariga 20 milliard so‘m sarflanib, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Maktabda tomonidan 1–4-sinf o‘quvchilari uchun maxsus avtobuslar yo‘lga qo‘yilgan hamda 5–11-sinflar uchun 550 o‘rinli yotoqxona barpo etilgan. E’tiborlisi, maktabga 4 mingdan ziyod o‘quvchi hujjat topshirdi. Qabul uchun minimal o‘tish bali 135 ballni tashkil etdi.
[gallery-25095]
Marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqib, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tayotgan mustaqillik bayrami bilan barchani muborakbod etdi. 2017 yilda viloyatda faqat 1 ta xususiy maktab bo‘lgani, bugungi kunda esa ular soni 117 taga yetganini qayd etdi.
Ta’kidlangandek, joriy yil yakuniga qadar yana 13 ta maktab ochilishi belgilangan. Bugungi kunda mamlakat bo‘yicha faoliyat yuritayotgan 645 ta xususiy maktablarning 20 foizi Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA