Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlanmoqda
20:32 / 2023-06-01

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bayram 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzullo Qosimov, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abduqayum To‘xtaqulov, muassasa xodimlari, bolalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

[gallery-12171]

Bayramona bezatilgan muassasada kuy-qo‘shiqlar, dilrabo raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bolalarning tashvish va g‘amdan yiroq baralla kulgulari butun shifoxonani qamrab oldi. Tadbir doirasida bolalarga o‘yinchoqlar sovg‘a qilindi.

Shuningdek, Farg‘ona shahridagi “Muruvvat uyi”da va shahar bolalar shifoxonasida “Baxtli bo‘lgin, bolajon! Sog‘lom avlod - yurt kelajagi” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Shifoxona xodimlari tomonidan tashkillashtirilgan musiqiy, ertak qahramonlari ishtirokidagi bayramona tadbir bolajonlarga olam-olam zavq ulashdi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA