FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ayollar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘tayotgan musobaqaning respublika bosqichiga start berildi.
[gallery-23972]
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda sport vaziri maslahatchisi Sh. Mo‘minjonov, viloyat hokimining o‘rinbosari Sh. Polvonov, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi vakillari hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilariga omad va muvaffaqiyat tiladilar.
Tadbir doirasida tashkil etilgan konsert dasturi hamda yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng 16-21 va 22-30 yosh toifasidagi qizlar jamoalari o‘rtasida bellashuvlar boshlandi. Musobaqa jadal va murosasiz ruhda o‘tmoqda.
Bellashuvlar 22 iyunga qadar davom etadi. G‘olib jamoalar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanadi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA