Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada viloyat rahbariyatining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim bo‘lishi belgilandi
13:16 / 2024-07-12

Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Endilikda viloyat rahbariyatining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha Farg‘onada yangi tizim bo‘lishi belgilandi.  

Viloyat hokimining o‘zi va har bir o‘rinbosari, 19 ta tuman va shahar hokimi kuniga kamida 5 tadan tadbirkor va xorijiy investorni qabul qilib, ularning muammosini hal qiladi.  

Ular har hafta televideniye, radio orqali aholi va tadbirkorlarga bo‘layotgan o‘zgarishlarni aytib boradi.  

Yil yakunida ularning faoliyati sarhisob qilinib, tegishli chora ko‘riladi.  

Viloyat kengashi deputatlari ham komissiya tuzib, har bir raqamni nazoratga olishi muhimligi qayd etildi.  

O‘zA