Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada vatanparvarlik mavzusida anjuman (+video)
14:57 / 2025-08-23

Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari, mutaxassis psixologlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyat boshqarmasi bazasida tashkil etilgan tadbirda Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Anjuman “Shaxsiy tarkibda salbiy informatsion xurujlarga qarshi barqaror ruhiy bardoshlikni va jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur sifatlarni shakllantirish uslublari: muammo va yechimlar” mavzusida o‘tkazildi.

Ma’ruzachilar zamonaviy axborot globallashuvi sharoitida armiyani nafaqat texnika, balki milliy g‘oya va ma’naviy immunitet bilan ham ta’minlash zarurligini ta’kidlashdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning vatanparvarlik va mardlik ruhida doimiy tarbiyalanishi, ularning ruhiy jihatdan barqarorligi — bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekani qayd etildi.

Anjumanning ikkinchi qismi amaliy mashg‘ulotlarga bag‘ishlandi.  Gvardiyachilar tomonidan jangovar sharoitlarda ruhiy holatni tiklashga qaratilgan psixologik yo‘laklardan o‘tish mashg‘uloti va ommaviy tadbirlarda fuqarolar bilan profayling ishlash uslubi ko‘rsatib berildi.

Shuningdek, elektron tir, ruhiy yengillashtirish markazi va muzeyga sayohat uyushtirilib, bu yerlarda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirildi.

–Bugungi tadbir nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham ahamiyatli bo‘ldi. Erishilgan xulosalar kelgusida shaxsiy tarkib bilan ishlashda qo‘llaniladi,–dedi Milliy gvardiya markaziy devoni bo‘lim boshlig‘i G‘ulom  Eshmonov.

Bahs va munozaralarga boy konferensiya yakunlari bo‘yicha kuch tuzilmalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Anjuman so‘nggida faol ishtirokchilarga Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/e6NCGTub5ng?si=hCBW9EchXX2niz1h" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA