Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada vatanparvarlik festivali o‘tkazildi
15:25 / 2026-01-13

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahri, Quva va Toshloq tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida vatanparvarlik festivallari tashkil etildi.

Tadbirlarda Sharqiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari, harbiy orkestr jamoasi, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Festival markaziy ko‘chalar bo‘ylab harbiy orkestr sadolari ostida o‘tgan tantanali marsh yurishi bilan boshlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Milliy armiyamizning tashkil topishi, bugungi kundagi jangovar salohiyati va mamlakat tinchligini ta’minlashdagi o‘rni haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, yoshlarga oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul tartibi, harbiy kasbning afzalliklari va imkoniyatlari tushuntirildi.

Festival doirasida zamonaviy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, harbiy xizmatchilar tomonidan qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Harbiy orkestr ijrosidagi musiqalar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

[gallery-27086]

Ta’kidlash joizki, bunday vatanparvarlik tadbirlari yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy armiyaga bo‘lgan faxr va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA