Vatan ostonadan boshlanadi. Sarhadlarimizda xalqning asl farzandlari ona yerimiz, davlatchiligimiz, bugun va kelajagimizni ko‘z qorachig‘idek asramoqdalar. Farg‘ona viloyatida joylashgan Sharqiy harbiy okrug qismlari vakillari bugun tantanali ravishda “Motamsaro ona” haykali ostonasidagi maydonda saf tortdilar.
Bu bejiz emas. Barcha ona allasi, duosi va tarbiyasi bilan o‘sadi, ulg‘ayadi. Shuning uchun ham milliy bayramlar ona poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlanadi. Bugun ham viloyat rahbariyati, harbiy va kuch ishlatar tizim vakillari, keng jamoatchilik qalb izhorlarini guldastalar ila ifodaladilar.
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tantanasi san’at saroyida bo‘lib o‘tdi. Dastlab viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yig‘ilganlarni xalqimizning qadrli bayrami bilan tabrikladi.
– O‘zbekiston harbiy doktorinasi tobora mustahkamlanib, millat va Vatanning haqiqiy qalqonini yaratmoqda, – dedi viloyat hokimi. – Vatanni himoya qilish har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Bugun ana shunday fidoyi xarbiylarni sharaflaymiz.
[gallery-27114]
Shundan so‘ng Vatan himoyachilari viloyat hokimligining “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tantana so‘nggida san’at ustalarining katta gala konserti namoyish etildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OGIH2IxLW-8" title="Fargʼonada Vatan himoyachilari kuni nishonlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov,
Muqimjon Qodirov (video, surat), O‘zA