Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlandi
16:41 / 2023-05-30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni okrug raisi Erkinjon Nuraliyev boshqarib bordi.

Unda saylovni o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining tarkibini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Saylovni o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejaga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 23-moddasiga muvofiq, uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida rais, rais o‘rinbosari, kotib va a’zolardan iborat tarkibda tuziladi.

Uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlarining tegishli sessiyalarida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasiga taqdim qilindi.

Yig‘ilishda xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari tomonidan 1209 ta uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga tavsiya etilgan nomzodlar 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasining tegishli qarori bilan tasdiqlandi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, uchastka saylov komissiyalari tarkibi, joylashgan manzili va telefon raqamlari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni mahalliy matbuotda e’lon qilish, shuningdek, tegishli qarorni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shohsulton To‘xtamatov,

11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi 

matbuot markazi xodimi.