Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada tibbiyot xodimlari sharaflandi
11:23 / 2023-11-12

Farg‘onada Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlanib, ularning sharafli mehnati e’tirof etilmoqda. Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda barcha shahar va tumanlardan tibbiyot xodimlari, sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari va mas’ul xodimlari, faxriylar ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.  

Viloyat rahbari bemorlar dardiga shifo bo‘lish, xalqimiz salomatligini har tomonlama himoya qilishdek sharafli yo‘lda o‘zlarini ayamasdan fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlarini kasb bayramlari bilan qutladi.  

Mamlakatimizda erishilayotgan har bir yutuqlarimizda, amalga oshirilayotgan ezgu tadbirlarimizda sog‘liqni saqlash xodimlarining o‘z o‘rni, mavqei bor, albatta. Chunki xalq salomat  bo‘lmagan joyda jamiyat ham taraqqiy etmaydi. Shu bois ham tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Viloyatda sog‘liqni saqlash sohasidagi keng ko‘lamli ishlar o‘z samarasini berib, tibbiy xizmat sifati yaxshilandi. Xususan, 30 dan ortiq yuqori texnologik operatsiya turlari amaliyotga tadbiq etilishi natijasida o‘tgan 10 oy davomida 3 ming 600 dan ortiq fuqaroga yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatishga erishildi. Davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda xususiy tibbiyot ham jadal rivojlanayotgan bo‘lib, joriy yilning o‘zida 48 ta yangi xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etildi.  

Joriy yilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining mukammal ta’mirdan chiqarilgan 7 qavatli davolash binosi hamda yangi qurib bitkazilgan qabul-diagnostika binosi foydalanishga topshirildi. 32 milliard so‘m sarflanib amalga oshirilgan qurilish va rekonstruksiya ishlari natijasida muassasada bir sutkada bemor qabul quvvati 150 tadan 400 taga yetkazildi. Bu yerda barcha sharoitlar yaratildi.

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan kuni kecha e’lon qilingan Prezident farmoniga ko‘ra, davlatimizning yuksak orden va medallari bilan mukofotlangan uch nafar viloyat tibbiyot sohasiga vakillariga mukofotlar tantanali tarzda topshirildi.

[gallery-14528]

Tadbirda viloyat ijtimoiy hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan viloyatda aholi salomatligini muhofaza qilishga, sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini keng joriy etishga va tibbiy madaniyatni oshirishga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan tibbiyot sohasi xodimlarining katta guruhi viloyat hokimining faxriy yorlig‘i, tashakkurnomasi va sovg‘alari, o‘z hayotini insonning sog‘lig‘i va hayoti to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlagan tibbiyot xodimlaridan yana bir guruhi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbir doirasida viloyatdagi barcha shahar va tumanlar tez tibbiy yordam brigadalariga yangi "Caddy Volkswagen" zamonaviy avtotransport vositalari topshirildi.

M.Sulaymonov, M.Qodirov(surat),

O‘zA muxbirlari