Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada tibbiyot markazlarida davolanayotganlarga Prezident sovg‘alari topshirildi
10:06 / 2021-05-15

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, bu yerda davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalarini Prezident nomidan Ramazon bayrami bilan qutlab, sovg‘alar topshirdi.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali hamda Qo‘qon filialiga 1,3 milliard so‘mlik o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatlari (IVL), kislorod konsentratorlari, kardiomonitorlar, SIPAP portativ nafas oldirish uskunalari, reanimatsiya maxsus yotoqlari, muzlatkichlar, bolalar yotoqlari keltirib, o‘rnatildi. Yaqin kunlarda yana 3,5 milliard so‘mlik jihozlar yetkazib beriladi. Bu shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga ham Prezident nomidan bayram sovg‘alari topshirildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialiga Chexiyaning UJP PRAHA kompaniyasidan Terabalt markali ionlashtiruvchi radionuklid jihozi olib kelib, o‘rnatildi. 

Aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlash uchun Chexiyadan radiologlarning kelib, jihoz bilan ishlash borasida joyida o‘quv tashkil etib berishlari kutilayotgan edi. Yaqin kunlarda mutaxassislar tashrifi tashkil etiladi hamda ushbu xizmat ham yo‘lga qo‘yiladi.

M. Sulaymonov, O‘zA