Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada tibbiy ta’lim yuksalish yo‘lida
14:30 / 2025-10-22

Farg‘ona mamlakatning yirik tibbiyot markazlaridan biriga aylanmoqda. Hozir bu yerda ikkita tibbiyot oliy o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatyapti. Ularning har ikkisida ham talabalar bilim saviyasini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Farg‘ona shahridagi O‘rta Osiyo Xalqaro tibbiyot universitetiga asli o‘zbekistonlik – St. Louis universiteti professori, AQSHning Mercy Health – St. Rita’s Medical Cyenter (Ohayo shtati) klinikasida faoliyat yurituvchi taniqli ortoped-travmatolog, yuqori malakali shifokor Joldas Quldashev tashrif buyurdi.  

Universitet rahbariyati bilan uchrashuv davomida professor Joldas Quldashev O‘zbekiston tibbiyot ta’limi va amaliyotini xalqaro darajaga ko‘tarish borasidagi tajriba va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘rta Osiyo Xalqaro tibbiyot universitetida klinik ordinatorlar va magistrlar uchun zamonaviy ortopediya hamda travmatologiya yo‘nalishlarida dars berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.  

Farg‘onada klinik davolash markazi ochish niyatida bo‘lgan yana bir taniqli shifokor ham Farg‘onaga kelgan. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiya tibbiyotida yirik tajribaga ega professor, doktor Reha Baran va uning hamkasblarini qabul qildi.  

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va Farg‘onada yirik istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA