Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada tez tibbiy yordam tizimidagi muammolar va ularning yechimi o‘rganildi
15:04 / 2022-07-18

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida tez tibbiy yordam tizimidagi kamchiliklar va sohada kuzatilayotgan muammolar hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimi rahbariyati, mas’ul xodimlari va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i Abduqayum To‘xtaqulov o‘tgan davrda tizimda amalga oshirilgan ishlar, tizimda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan dolzarb masalalar, tibbiyot muassasalari faoliyatiga oid to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etish vazifalar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Anjuman davomida tez tibbiy yordam tizimi xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Xodimlar malakasini oshirishda Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Fransiya kabi tez yordam tizimi ilg‘or bo‘lgan mamlakatlarga yuborish rejalashtirilganligi aytib o‘tildi.

Tadbir davomida ta’kidlanganidek, tizimda korrupsion holatlarga barham berish yuzasidan muayyan ishlar olib borilishiga qaramay, sohada korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amaliy ishlar talab darajasida emasligi, sohadagi ayrim rahbarlar bu illatdan hali ham xalos bo‘lmagani tanqid qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilariga hududlarda onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati haqida, joylarda oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlarida Davlat dasturi asosida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilishi yuzasidan ham ma’lumotlar eshittirildi. Shuningdek, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i tizimdagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan kelgusidagi rejalar xususida ham alohida to‘xtaldi.

Matbuot anjumanida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga rahbar va mas’ullari tomonidan batafsil javob berildi.

[gallery-7946]

Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA