Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada “TechnaWays Business Incubator” yoshlar biznes inkubatori doirasidagi loyihalar moliyalashtirilmoqda
10:32 / 2022-07-25

Farg‘ona politexnika institutida joriy yilning fevral oyidan ishga tushgan biznes inkubatorda o‘z g‘oyasiga ega, biznesga qiziqishi bo‘lgan yoshlarga tadbirkorlikka oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida “Inkubatsiya” dasturi tashkil etilgan.

Dasturda qatnashish uchun o‘tgan davr mobaynida 165 ta loyiha mualliflari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, birinchi bosqichda 78 ta, ikkinchi bosqichda esa 30 ta tahsil olish uchun saralanib olindi.

Dastur doirasida 12 ta spiker va 3 ta mentorlar jalb qilingan bo‘lib, hozirda yoshlarga o‘z bilimlarini berib kelmoqda.

Aytib o‘tish joizki, shu kunga qadar mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan loyihalar tanlovida “TechnoWays” yoshlar biznes-inkubatori “Inkubatsiya” dasturi ishtirokchilarini 2 nafari g‘olib bo‘lib, jami 310 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, 22 nafar ishtirokchi “Students idea challenge” loyihalar tanlovida ishtirok etmoqda. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilinayotgan barcha startap tanlovlarda qatnashib kelmoqda. Quvonarlisi shundaki, ishtirokchilarning loyihalarini moliyalashtirish, ularga investitsiyalarni jalb qilish maqsadida investor va loyihachilar uchrashuvi tashkil qilinmoqda.

 

M.Sulaymonov, O‘zA