Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada “Tashabbusli byudjet” g‘oliblariga qariyb 363,5 mlrd.so‘m ajratildi
10:50 / 2025-03-24

“Tashabbusli byudjet” mamlakat ijtimoiy hayotidan qat’iy o‘rnini topdi. Endi xalq demokratiyasining bir ko‘rinishi deya ta’riflanayotgan mablag‘larni taqsimlashning mazkur ochiq shakli hammaga ayon. 4 mln aholisi bo‘lgan Farg‘ona viloyatida “Tashabbusli byudjet”ning 2025 yilgi birinchi mavsumida 1 million 194,5 ming nafar kishi qatnashdi. 916,2 ming ovoz egasi esa 254 ta loyiha g‘olibi bo‘ldi.

Farg‘ona viloyatida aholini bu tanlovga jalb qilish darajasi 29,5 foizni tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha olib qaraganda Dang‘ara tumanida eng yuqori 48 foiz, Toshloq tumanida esa eng past 13 foiz aholi tanlovda qatnashdi.  

Yana bir raqam. Farg‘ona viloyati bo‘yicha birinchi mavsumda 2042 ta loyiha tasdiqlanib, ovoz berishga chiqarilgan edi. Viloyatdagi 220 ta mahalla aholisi bugun g‘oliblar qatorida ijtimoiy muammolar yechimiga qaratilgan byudjet mablag‘lari taqsimotida ishtirok etdi.

Muhammadjon Obidov,  

O‘zA