Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada sud tizimi vakillari sayyor qabul o‘tkazdi
07:10 / 2023-04-18

FOTOREPORTAJ

Fuqarolarning sud va boshqa idoralarga borib ortiqcha vaqt sarflashlarining oldini olish, qolaversa, muammolarni imkon qadar tez hal etish maqsadida Farg‘ona tumani “Yangi asr” mahalla fuqarolar yig‘inida Farg‘ona viloyat sudi raisi Shuhrat Kamolov va sudyalar tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir avvalida Farg‘ona viloyat sudi raisi Sh. Kamolov  fuqarolarga sud-huquq sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib, yangilanayotgan Konstitutsiyaning xalqimiz hayotidagi o‘rni va 30 aprelda bo‘ladigan Referendumning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.  

[gallery-11495]

Sayyor qabulda qirqqa yaqin fuqaro murojaati o‘rganildi va 7 ta murojaat shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan fuqarolarga muammolar yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.  

Bundan tashqari sayyor qabulda sud qarorlari va ajrimlaridan norozi bo‘lgan, turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda huquqiy maslahat hamda ko‘mak so‘rab kelgan fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi.  

Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazilib, probatsiya hisobida turgan 9 nafar shaxs tayinlangan jazodan muddatidan avval shartli ravishda ozod etildi.

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA