Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada “startup” loyihalari tanlovi o‘tkazildi
16:50 / 2025-11-11

Aql va zamonaviy ilm hisobidan dunyoning taraqqiy etgan mamlakatiga aylangan Yaponiyani ko‘p bor misol qilib keltiramiz. O‘zbekiston yosh yigit-qizlari ana shu yo‘lni tanladi. Bugun barcha viloyatlarda Farg‘onadagi kabi IT parklar mavjud. Ularda yoshlar o‘z “startup” loyihalarini yaratmoqdalar.

Bugun Farg‘onaga ana shunday iqtidorli yoshlar yig‘ildilar. IT park tomonidan yosh startapchilar o‘z loyihalarini taqdim etish va maslahat, yordam bilan rivojlantirish imkoniyatini beruvchi “Fergana Startup day” tadbiri bo‘lib o‘tdi.  

– Maqsad vodiy yoshlarining innovatsion va startap loyihalari bilan tanishish va ularning egalarini topish, ya’ni loyihani moliyalashtiruvchi “Ventures” fondlar o‘zi qidirgan loyihani topishga yordamlashdilar, – deydi IT park Farg‘ona filiali rahbari Bahodirjon Jalolov. – Qolaversa, investorlar, “Ventures” fondlarni loyiha mualliflari bilan birlashtirdilar.

“Fergana Startup day” tadbirida taqdim etilgan loyihalar bilan Farg‘ona yoshlari, yosh AKTchilar, talaba va tashkilotchilar hamda ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar topishdilar. Nufuzli hay’at har bir loyihani mukammal o‘rganib chiqdi va bir necha bosqichda ular orasidan eng samaradorlarini yalpi taqdimotga ajratib oldi.  

– 150 ga yaqin loyiha ro‘yxatdan o‘tgan edi. Ulardan dastlabki bosqichda 30 tasini saralab oldik, – deydi Bahodirjon Jalolov. – Eng yaxshi 10 ta loyiha onlayn baholanib, g‘olib sifatida e’lon qilindi.  

Shundan so‘ng kunning asosiy kutilgan voqeasi boshlandi. Hay’at, tashkilotchilar yalpi yig‘ilishda so‘zga chiqib, loyihalarga tasnif berishdi.

Shu narsa ta’kidlandiki, ayni vaqtda Farg‘ona viloyatidagi 19 ta shahar-tumanning barchasida IT shaharchalari bunyod etilmoqda. Hozirning o‘zida viloyatda 6 mingdan ziyod startapchi yoshlar o‘z loyihalarining ustida ishlashyapti. Mazkur tadbir ishtirokchisi bo‘lgan loyihalar esa 400 mingdan to 1,5 million dollargacha qiymatga egaligi qayd etildi.

Shu kuni eng samarali loyihalar O‘zbekistonning yetakchi  “Ventures” fondlari tomonidan moliyalashtirish uchun qabul qilindi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2y6TdvaWEZg" title="Farg`onada “startup” loyihalari tanlovi o`tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat),

O‘zA