English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada soxta DXX xodimi jinoyat ustida qo‘lga olindi
09:14 / 2022-08-16

Marg‘ilon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining direktor o‘rinbosari T.I (ismi sharifi o‘zgartirilgan) tovlamachilik yo‘li bilan viloyatdagi tumanlardan birining xalq ta’limi bo‘limi mudiri U.R dan pul olayotganda ushlandi.

Aniqlanishicha, T.I o‘zini tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri U.R ga “DXX viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi” sifatida tanishtirib, uning ustidan ariza tushganligini ma’lum qilgan. Bo‘lim mudiri har oyda maktab direktorlaridan pul talab qilib kelayotganligini, yaqinda yuqori lavozimga qo‘yilgan ayoldan katta miqdorda pora olganligini isbotlovchi audio va video yozuvlar borligini aytib, uni javobgarlikdan qutqarib qolish evaziga 15 million so‘m talab qilgan. 

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan o‘tkazilgan tadbirda T.I ko‘rsatib o‘tilgan miqdordagi pulni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.  

Holat yuzasidan T.I.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1 –qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  
 

M.Sulaymonov,  
O‘zA