Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada sog‘lomlashtirish maskanlari ko‘paymoqda
12:29 / 2023-08-03

FOTOREPORTAJ

Yurtimizning tabiati o‘ziga xos, xushhavo manzillaridan sanalgan Farg‘ona viloyatida sanatoriy va shifo maskanlari bisyor. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida 2 ming nafarga yaqin chet el fuqaroci davolanish maqsadida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgan. Sayyohlardan 72 foizi Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keladi.

[gallery-13004]

Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘ida joylashgan sanatoriy-kurort maskanlari, oromgohlar mintaqamizda mashhur. Tumandagi yana bir qishloq - avvaldan faoliyat olib borayotgan «Yettibuloq shifo» sog‘lomlashtirish maskani esa shifobaxsh buloqlari bilan tilga tushgan. Hududda ayni paytda 24 ta oilaviy mehmon uylari tashkil etilib, qo‘shimcha turistik xizmat turlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, ovqatlanish, sog‘lomlashtirish, transport, attraksionlar, ekskursiya xizmatlari tashkil etilgan.

Farg‘ona tumani  Vodil qishlog‘ida “Faxriylar”, “Legion” va “Seyman Bahor” kabi sog‘lomlashtirish markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hududga kelayotgan mehmonlar soni ortishiga sabab bo‘layotir. Bu yerda yana 25 ta oilaviy mehmon uyi va 2 ta xostel ham sayyohlar xizmatida.

Sayyohlarni jalb etadigan yana bir maskan — bu Uchko‘prik tumanidagi Lavanda saylidir. Bu yerda lavanda guli va iforidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi, papayya, banan, godji, kivi, zaytunzorlardan iborat salomatlik bog‘i bo‘ylab ekosayohat, mutaxassislar ko‘rigi tashkil etilgan. Ayni paytda bu bog‘da 25 gektar maydonda mushmula, qahva, kivi kabi sitrus mevalardan tortib rezavor o‘simliklar, turli dorivor giyohlar yetishtirilmoqda.

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA