Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada sobiq o‘quvchilar maktabga yangi bino qurib berdi
12:04 / 2023-03-17

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 39-maktabning yangi 220 o‘rinli o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Bino maktab bitiruvchilarining tashabbusi va hamjihatligi asosida bunyod etildi.

Maktab binosi 1974 yilda 220 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan bo‘lib, muassasada 438 nafar o‘quvchi ta’mirtalab sinf xonalarida ikki navbatda ta’lim olayotgan edi.  

Qisqa muddatda ta’lim maskani uchun 220 o‘rinli yangi o‘quv binosi qad rostladi. Mavjud 220 o‘rinli eski bino ham ta’mirlandi. Bundan tashqari, 6 ta sinf xonasi, kompyuter sinfi zamonaviy mebel va o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi.  

M.Sulaymonov, O‘zA