Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada shunqorlar bellashdi
07:17 / 2023-06-07

FOTOREPORTAJ

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti bilan hamkorlikda “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlarining  viloyat bosqichi o‘tkazildi.  

Unda viloyat mahallalaridan “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi 17 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan 170 nafar o‘g‘il-qizdan tashkil topgan 17 jamoa tegishli shartlarda bellashdi.

[gallery-12236]

Shunday qilib, harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida jamoa a’zolarining O‘zbekiston tarixiga doir bilimlari tekshirildi. Harbiy-amaliy ko‘pkurashda jamoalar pnevmatik quroldan o‘q otish, o‘quv granatasini uzoqlikka uloqtirish va harbiylashtirilgan estafeta bo‘yicha bahslashdilar. So‘ng duatlon, 100 metrga yugurish, turnikda tortilish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Shiddatli va murosasiz kechgan harbiy-sport o‘yinlarida Dang‘ara tuman jamoasining qo‘li baland kelib, birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu jamoa O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisining ko‘chma kubogi uchun kechadigan bellashuvda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

2-o‘rin va 3-o‘rinlar O‘zbekiston hamda Beshariq tumanlari jamoalariga nasib etdi. Shuningdek, “Eng yaxshi sportchi”, “Eng yaxshi mergan”, “Eng yaxshi bilimdon” nominatsiyalari bo‘yicha ham ishtirokchilar yakka tartibda taqdirlandi.

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA