Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada saylovga tayyorgarlik qanday?
10:16 / 2024-10-12

Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Viloyat hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovda to‘laqonli ishtirok etishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi hamda bu bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarning axborotlari eshitildi.

Majlisda komissiya a’zolari, kun tartibiga aloqador boshqarmalar mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari – Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann ishtirok etdi.

[gallery-19717]

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Salimovning qayd etishicha, hozirda saylov uchastkasiga mustaqil ravishda bora olmaydigan, bundan tashqari, saylov uchastkasiga o‘zi bora oladigan, lekin eshitish, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan saylovchilar, shuningdek, ovoz berish jarayonida o‘zgalar yordamiga muhtoj bo‘lgan saylovchilarning ro‘yxatlari shakllantirilib, ularni saylov kuni ovoz berishlari uchun sharoit yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.  

Shuningdek, yig‘ilishda saylov okruglari va uchastkalari hududida, saylov komissiyalari joylashgan binolarda, shu jumladan, ovoz berish binolarida jamoat tartibini saqlash hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan komissiya a’zolari o‘zlarining fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishdi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

M.Sulaymonov, 

M.Qodirov(surat),O‘zA