French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada sanoatni tuman va mahallaga tushirish uchun infratuzilma xarajatlariga 50 million dollar ajratiladi
13:38 / 2024-07-12

Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Viloyat hokimiga 19 ta tuman-shaharning har birini Xitoy tajribasi asosida sanoatning aniq yo‘nalishiga ixtisoslashtirish va ularda sanoat zonalarini tashkil qilish topshirildi.  

Yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish sharti bilan qo‘shimcha 1 ming 210 gektar yer ajratish mumkin.  

Buning uchun viloyat hokimligi huzurida direksiya tashkil qilinadi. Sanoat zonalaridagi binolarni mahalliy tadbirkor hamkori bilan qurib, ijaraga oladi yoki muddatli sotib oladi.  

Sanoatni tuman va mahallaga tushirish uchun infratuzilma xarajatlariga 50 million dollar ajratiladi.  

Ushbu mablag‘ni viloyatning o‘zi tasarruf qiladi va qaytgan mablag‘ni keyingi loyihalarga ishlatishi mumkin bo‘ladi.  

Viloyat hokimligiga 161 ta yirik mahallada ham 1 gektardan maydonda 4-5 qavatli sanoat markazlarini tashkil qilish topshirildi.  

O‘zA