French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada qo‘l jangi ustalari kuch sinashmoqda
17:56 / 2022-03-13

Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida 2000-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va o‘smir qizlar, professional sportchilar o‘rtasida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa Sportni rivojlantirish vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 600 nafardan ziyod sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov sportning boshqa turlari qatorida qo‘l jangi ham yoshlar o‘rtasida tobora ommalashib borayotganligini qayd etdi.

 

– O‘zbekiston xuquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi viloyat bo‘limi tomonidan sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni targ‘ib qilish, yurtimiz yoshlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi viloyat rahbari. – Qolaversa, Farg‘ona viloyati hokimligi bu yo‘nalishda har qanday loyihalarni qo‘llab quvvatlaydi. O‘tgan 2021 yil davomida qo‘l jangi bilan shug‘ullanuvchi 212 nafar sportchi turli yo‘nalishdagi musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 5 nafar sportchilarimizning Jahon va Osiyo musobaqalarida erishgan natijalari tahsinga sazovor.

 

Harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari va konsert dasturi ortidan turli vazn toifalarida final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

 

Musobaqalar davom etmoqda. 

 

M.Sulaymonov, O‘zA