Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada “Qizil kitob” ga kiritilgan noyob oq boshli qumoy qushi tabiat qo‘yniga quyib yuborildi
09:20 / 2021-11-14

Farg‘ona viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Oltiariq tuman inspeksiyasiga "'Fayziobod" mahalla fuqarolar yig‘ini Matonat ko‘chasida yashovchi fuqaro J.Ahmedovdan yashab turgan tomi tepasiga shikastlangan, katta, yovvoyi qush turgani haqida xabar kelib tushdi. Tuman davlat inspektorlari joyiga borib o‘rganishganda, mazkur qush yovvoyi oq boshli qumoy qushi ekanligi aniqlandi. Inspektorlar xonadon egasi bilan birgalikda qushni qafasga solib, veterinar ko‘rigidan o‘tkazishdi.

"Qizil kitob"ga kiritilgan oq boshli qumoy  zaif, qisqarib borayotgan, o‘troq, mozaik tarqalgan nominal kenja tur. TMXI Qizil ro‘yxatiga kiritilgan  Tog‘ etaklari va o‘rta qismlari tog‘ va tekisliklar, jumladan, haydaladigan yerlarda yashaydi. Dunyodagi populyatsiyasi 500 mingdan 1 milliontagacha ekani taxmin qilinadi. Dunyo hayvonot bog‘larida ko‘paytiriladi. Ovlash taqiqlangan. Tog‘ qo‘riqxonalari va milliy tabiat bog‘larida muhofaza ostiga olingan. SITES ning II Ilovasiga kiritilgan.

Viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tuman inspektorlari qushni bir kun parvarishlab, joriy yilning 13 noyabr kuni Yozyovon tumanida joylashgan o‘rmon xo‘jaligiga qarashli tabiat yodgorligi hududiga olib kelib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborishdi.  

M. Sulaymonov, O‘zA