FOTOREPORTAJ
Erta tongdan Farg‘ona shahri oppoq qor quchog‘ida qoldi. Bir kechada yog‘gan qor mahalla va markaziy ko‘chalarni oppoq libosga burkab, shaharga o‘ziga xos qishki go‘zallik bag‘ishladi. Daraxt shoxlari, yo‘l yoqalari va binolar atrofi qor bilan qoplanib, manzara yanada ko‘rkam tus oldi.
Qor yog‘ishi sababli shahar ko‘chalarida avtomashinalar harakati biroz sekinlashdi. Ayniqsa, ertalabki soatlarda haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, ehtiyotkorlik bilan harakatlanmoqda. Tegishli xizmatlar tomonidan yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, piyodalar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
[gallery-27276]
Qish manzaralari shahar hayoti sur’atini bir oz pasaytirgan bo‘lsa-da, oppoq qor aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, tabiatning betakror go‘zalligini yana bir bor namoyon etmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA