Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada qariyb 300 ming AQSH dollarini Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi
21:00 / 2022-07-26

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida juda ko‘p miqdordagi xorijiy valyutani noqonuniy ravishda qo‘shni davlatga olib chiqilishining oldi olindi.

Xususan, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1985 y.t. T.J. Qo‘qon shahrida hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan fuqarodan 152 ming 663 AQSH dollarini olib, Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazish maqsadida, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1977 y.t., muqaddam sudlangan R.R.ga yetkazib berish uchun ketayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Shuningdek, o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasiga yaqin bo‘lgan Farg‘ona tumanining Mindon qishlog‘ida kutib turgan R.R. ham ushlandi.

Boshqa bir holatda esa Farg‘ona tumanida yashovchi, 1992 y.t. M.Sh. Farg‘ona shahrida fuqaro A.T.dan 140 ming 54 AQSH dollarini olib, Qirg‘iziston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxsga yetkazib berish maqsadida “Farg‘ona-Vodil” yo‘nalishida davlat chegarasi tomon harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, A.T. ham qo‘lga olindi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA