Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada “O‘zbekiston-Tojikiston yoshlar forumi” boshlandi
10:33 / 2022-05-22

Farg‘ona viloyatida “O‘zbekiston-Tojikiston yoshlar forumi” bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir ishtirokchilari Marg‘ilon temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olindi.

Tojik va o‘zbek xalqlarini umumiy tarix, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va ishonch, o‘xshash an’analar birlashtirib turadi. Bu ikki xalq azaldan bir daryodan suv ichgan, qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlari jadallik bilan rivojlanib strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. 

bugungi kunda barcha sohalarda hamkorlik yo‘l qo‘yilib, do‘stona aloqalar yanada mustahkamlandi. Mazkur forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad  ikki davlat yoshlari o‘rtasidagi ishonch va do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy loyiha va dasturlarni amalga oshirish, mintaqadagi intellektual salohiyatli yoshlarni birlashtirish va axborot texnologiyalari yo‘nalishida tajriba almashishdan iboratdir. Unda yoshlar siyosatiga mas’ul davlat organlari va jamoat tashkilotlari rahbarlari, xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari, xalqaro darajadagi yosh shaxmatchilar va grossmeysterlar, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasining yosh mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Tojikistonlik yoshlar Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar markazida bo‘lib, u yerda milliy hunarmandchilik mahsulotlari hamda ish jarayoni bilan tanishdi. Milliy matolarimiz ularda katta taassurot qoldirdi.

-Menga O‘zbekiston juda ham yoqdi, ayniqsa, Farg‘onadagi Hunarmandlar markaziga kirib borganimda u yerdagi ranglar jilosi, Tojikistonning Xo‘jandini eslatdi, -deydi Gulzamina Bobokalonova.- Biz Markaziy Osiyo yoshlarini birlashtiradigan umumiy urf-odat, an’analar borligini takror his qildim. Men O‘zbekiston yoshlariga havas qildim, ularning shijoati, ahdi qat’iy. O‘zbek diyoriga yana kelishni va tengdoshlarim bilan ko‘proq fikr almashishni istardim. 

Raqamli texnologiyalar markazi faoliyati bilan tannishuv ham mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Farg‘onalik yoshlarning axborot texnologiyalari sohasidagi ishlanmalari taqdimot qilindi.

M. Sulaymonov, O‘zA