Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada O‘zbekiston kasaba uyushmalarining faol a’zolariga esdalik nishonlari topshirildi
11:02 / 2025-11-07

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan tantanali tadbirda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Abdug‘affor Salihov, viloyat hokimi o‘rinbosari Alibek Tursunov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining viloyat Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev, soha mutasaddilari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda kasaba uyushma a’zolari ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘z olganlar soha vakillarini bayram bilan tabriklab, kasaba uyushmalari tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarga kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tiladi. Kasaba uyushmalarining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati alohida e’tirof etildi. 

[gallery-26118]

Sohada fidokorona mehnat qilib, kasaba uyushmalari nufuzini oshirishga va xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishga hissa qo‘shib kelayotgan farg‘onalik 94 nafar faol a’zoga “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tashkilot faoliyatining tarixiy ahamiyatini yodga oldi va kelgusida ham mehnatkashlarning manfaatlarini himoya qilish yo‘lida hamjihat bo‘lib ishlash lozimligini ta’kidladi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA