Farg‘onada o‘tgan yilda uy-joy cotib olish uchun 5259 ta fuqarolarga ipoteka kreditlari ajratildi
Farg‘ona viloyatida aholini uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida o‘tgan 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi va bankning o‘z mablag‘lari hisobidan 5259 ta fuqarolarga 910,3 milliard so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgan.
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ijobiy xabarnoma olgan 1149 nafar fuqarolarga uy-joyning 10 foiz miqdoridagi boshlang‘ich badal to‘lovlari va dastlabki besh yil davomida kreditning 10 foizdan yuqori qismini to‘lab berish sharti bilan subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Kreditlarning katta qismi Farg‘ona, Qo‘qon shaharlari va Bag‘dod tumanidagi aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida yo‘naltirilgan.
M. Sulaymonov, O‘zA