English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada o‘tayotgan «Hokim kubogi» turniri finalchilari ma’lum – «Bunyodkor» va «Istiqlol»
19:37 / 2021-02-01

Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona viloyatida an’anaviy «Viloyat hokimi kubogi» musobaqasi davom etmoqda.

Bir necha soat oldin musobaqaning final ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi. Unda Toshkentning «Bunyodkor» hamda Farg‘onaning «Istiqlol» jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.

Toshkentliklar bunday sharafga chorak finalda Qirg‘izistonning «Nur Batken», yarim finalda «Neftchi»ni mag‘lub etib erishgan bo‘lsa, «Istiqlol» final yo‘lida «Buxoro» va «Qo‘qon-1912» jamoalarini yenga oldi. Qizig‘i, Pro-liga vakillari Superliga «havosini olgan» klublarga qarshi o‘yinlarda raqiblar bilan teng kurashlar olib bordi va har ikkalasida ham penaltilar seriyasida maqsadiga erishdi.

Ertaga avvaliga musobaqaning uchinchi o‘rin uchun jamoalar maydonga tushishsa, so‘ng final uchrashuviga navbat beriladi.

Chorak final, 30 yanvar

«Neftchi» – «Navbahor-farm» - 3:0

Gollar: Abdulloh Olimov (10), Otabek Zokirov (39), Nemanya Obradovich (90).

«Bunyodkor» – «Nur Batken» - 5:0

Gollar: Ibrohim Tomiva (45), Nurillo To‘xtasinov (52), Mirjahon Mirahmadov (54, 69), Sunnatilla Abdullajonov (58).

«Istiqlol»- «Buxoro» - 1:1. Penaltilar bo‘yicha - 5:4.

Gollar: Dilyorbek Irmatov (41) - Hakimxon Alamxonov (90).

«Qo‘qon-1912»- «Turon» - 1:0

Gol: Sardor Azimov (24)

Yarim final, 1 fevral

«Neftchi» – «Bunyodkor» - 0:2

Gollar: Tohir Shamsiddinov (45-o‘z darv.) - Odiljon Abdurahmonov (67)

«Istiqlol» - «Qo‘qon-1912» - 2:2. Penaltilar bo‘yicha – 5:3.

Gollar: Elyor Mamasoliyev(16), Davron Isaqov (72) - Sardor Azimov (26), Oybek Rustamov (27).

2 fevral

3-o‘rin uchun.

«Neftchi» – «Qo‘qon-1912»

FINAL.

«Bunyodkor» – «Istiqlol».

Oybek YUNUSOV, O‘zA