Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada o‘t o‘chirish uskunalari ishlab chiqarilmoqda
11:24 / 2022-06-06

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati tadbirkorlari sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali import o‘rnini bosuvchi tovar va yangi ishlanmalarni iste’molchilarga taqdim etmoqda.

[gallery-7456]

Farg‘ona shahridagi "Sayqal savdo" korxonasi hozirgacha mamlakatimizga import qilinayotgan o‘t o‘chirish uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. O‘tgan 20 yil davomida mazkur korxona sexlarida nogironlar aravachasi, eshitish moslamalari, qurilish materiallari, toshdan qog‘oz ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Endilikda bu yerda yiliga 600 ming dona 4 va 5 kilogrammli o‘t o‘chirish uskunalari tayyorlanmoqda.

Hozirda yangi tarmoqda 15 kishining bandligi ta’minlangan va loyiha to‘la quvvatda ishga tushirilgach, ishchilar soni 60 nafarga yetadi. Ayni paytda kukunli o‘t o‘chirish uskunasi yuz foiz mahalliylashtirilgan. 

Mahsulotlar davlat va jamoat tashkilotlariga buyurtma asosida yetkazib berilmoqda.

A’lo ABDULLAEV, O‘zA