Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada oilaviy bolalar uyi beshtaga yetdi
16:45 / 2021-09-30

Dunyoda ota-ona mehridan ulug‘vor tuyg‘u bo‘lmasa kerak. Mehribonlik uylaridagi tarbiyalanuvchilarni o‘z qaramog‘iga olib, xayrli ishga qo‘l urayotganlar soni tobora ortib bormoqda. Xususan, Farg‘ona viloyatida qisqa vaqt ichida oilaviy bolalar uyi beshtaga yetganligi ham bunga yaqqol misoldir.

Mamlakatimizda ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ular uchun oilaviy sharoitlarga yaqinlashtirilgan zarur sharoitlar yaratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 

Joylarda oilaviy bolalar uylarining tashkil etilayotgani ham ana shu ishlarning samarasidir. Qo‘shtepa tumanidagi “Vatan” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Elyorjon Zokirov va uning turmush o‘rtog‘i Sanobarxon anchadan buyon bir ezgu niyatni diliga tugib yurgandi. 

Bu oila Marg‘ilon shahrida joylashgan 1-Mehribonlik uyidan 4 nafar o‘g‘il va 1 nafar qizni o‘z tarbiyasiga olib, “Mustaqil oilam kelajagim poydevori” nomli oilaviy bolalar uyini tashkil etdi.

Mahallaning ibratli oilasiga barcha havas bilan qaraydi. Ularning bir o‘g‘il va bir qizi bo‘lib, bugungi kunda oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqda. 

Oila boshlig‘i Elyorjon 85-sonli oilaviy poliklinikada feldsher, turmush o‘rtog‘i Sanobarxon esa o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Tarbiyaga olingan bolalar uchun xonadonda barcha sharoitlar yaratilgan.

M.Sulaymonov, O‘zA