Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada nogironligi bo‘lgan shaxslar mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi o‘tkazildi
12:20 / 2025-11-27

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona shahrida Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi binosida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazma-savdo yarmarkasi tashkil etildi. 

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan e’lon qilingan “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirda viloyatning shahar va tumanlaridan 57 nafar hunarmand, shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ijtimoiy muassasalar jamoalari ishtirok etdi. Ular tomoshabinlar e’tiboriga 1 ming 200 dan ortiq turdagi, to‘liq qo‘l mehnati bilan yaratilgan mahsulotlarni taqdim etdi. 

[gallery-26437]

Ko‘rgazma davomida yog‘och o‘ymakorligi, tasviriy san’at asarlari, milliy liboslar hamda bezak va maishiy yo‘nalishdagi mahsulotlarga xaridorlar tomonidan katta qiziqish bildirildi. Savdo natijasida umumiy qiymati 33,6 million so‘mlik mahsulot sotildi. Shuningdek, tadbir doirasida hunarmandlarning eng sara va noyob 18 ta mahsuloti auksion savdoga qo‘yilib, 70,3 million so‘mga realizatsiya qilindi. 

Mazkur xayrli tashabbus viloyatda ilk bor tashkil etildi. Kelgusida bunday ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni barcha tuman va shaharlarda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA