Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada murakkab urologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
16:18 / 2023-02-21

FOTOREPORTAJ

Respublika darajasida o‘tkaziladigan ba’zi murakkab operatsiyalar hududlarda tashkil etilayotgani bugun yuzlab fuqarolarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilmoqda. Bu yurtimizda ixtisoslashgan tibbiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar samarasidir.  

Kuni kecha Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialida navbatdagi murakkab jarrohlik amaliyotlaridan biri o‘tkazildi. Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari Ilhom Salimov boshchiligida malakali shifokorlar tomonidan ikki nafar bemorda jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.  

Farg‘ona tumanida yashovchi 39 yoshli Hasanboy Mamarahimov anchadan beri siydik chiqarish yo‘lidagi xastalikdan aziyat chekar edi. Kasallik zo‘rayib, umumiy holatida salbiy o‘zgarishlar kuzatila boshladi. Shifokorlar ko‘rigidan so‘ng, jarrohlik amaliyotiga tavsiya berildi. Bemor avvaliga xususiy klinikalardan najot izladi, biroq narxi qimmatlik qildi. So‘ngra viloyat hokimligi tomonidan mablag‘ ajratilib, markazning Farg‘ona filialida mazkur amaliyot bajarildi.  

[gallery-10646]

- Aholiga urologik xizmat ko‘rsatish sifatini joylarda ham poytaxt darajasiga yetkazishimiz zarur, - deydi Ilhom Salimov. - Quvonarlisi, davolanish va ba’zi operatsiyalarni o‘tkazish uchun ilgari poytaxtga yuboriladigan bemorlarning aksariyati bugungi kunda o‘zlari yashayotgan joylarda shifo topyapti. Shuningdek, jarrohlik amaliyotlari mahorat darsi tariqasida o‘tkazilmoqda.  

Filial rahbari Azizbek Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, bugungi kunda shifoxonaga bemorlar asosan buyrak-tosh xastaligi, prostata bezi, tashqi siydik kanali torayishi kabi kasalliklar bilan shikoyat qilmoqda. Markazda davo muolajalarini olib borish bilan birgalikda malakali mutaxassislar murakkab operatsiyalarni deyarli har kuni amalga oshirib kelmoqda.  

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA