FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasining zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib, barcha qulayliklar bilan jihozlangan yangi ma’muriy binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tantanali marosimda viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov, harbiy xizmatchilar va keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Yangi bino zamonaviy texnika va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan bo‘lib, fuqarolar hamda harbiy xizmatchilarga qulay va samarali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Bu yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, chaqiruv jarayonlarini sifatli tashkil etish va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
[gallery-27537]
Tadbir yakunida mehmonlar yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlariga yuqori baho berdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA