Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada milliy san’at bayrami
14:52 / 2026-01-28

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati joylashgan Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida “Renessans sadolari” nomli ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda Oltiariq tumani Madaniyat bo‘limi qoshida faoliyat yuritayotgan “Zilola” ashula va raqs xalq ansambli, Xalqaro “Turon” bastakor va kompozitorlari uyushmasi a’zosi Alijon Yusufjonov, shuningdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, taniqli ijodkor Rahmonali Nortojiyev ishtirok etdi.

[gallery-27341]

Ijodiy kechada tumanning boy adabiy merosi, yuksak madaniyati va milliy san’at an’analari keng jamoatchilikka taqdim etildi. Yangi O‘zbekiston Renessansi g‘oyalari asosida she’riyat, milliy cholg‘u sozlarida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va sahnaviy chiqishlar tomoshabinlarga yuqori estetik zavq bag‘ishladi.

Shuningdek, ustoz–shogird an’analari asosida taqdim etilgan dasturlar milliy san’atimizning uzviyligi va davomiyligini namoyon etdi.

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulhay Karimov, taniqli xonandalar Nodirbek Holboyev, Sirojiddin Uraimov, Murodjon Kamoliddinov va Ramizbek Abdurahmonov ham o‘z chiqishlari bilan alohida tantanavor ruh ulashdi.

Yuksak saviyada tashkil etilgan ushbu ijodiy kecha milliy san’at va ma’naviyatni rivojlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash va Yangi O‘zbekistonning ma’naviy hayotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA