Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada Milliy gvardiyaning chavandozlar maktabi ochildi
19:11 / 2022-03-01

Prezidentimizning 2021 yil 5 avgustdagi “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan maktabning ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Tadbirda yangi muassasa viloyat yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi. Farg‘ona tumani "Ilg‘or" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan ushbu maktab ot sporti (uchkurash, to‘siqlardan sakrash va ot yo‘rttirish), zamonaviy beshkurash, polo hamda uloq-ko‘pkariga ixtisoslashtirilgan.

Chavandozlar maktabida tashkil etilgan Ippoterapiya markazida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Farg‘ona mintaqaviy filialining 54 nafar tarbiyalanuvchilarini tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ham yo‘lga qo‘yildi. 

Shuningdek, Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan probatsiya hisobida turuvchi yoshlar uchun ot sporti mahorat darslari tashkil etilgan bo‘lib, bu orqali ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatda ijtimoiylashuvlari jarayonini kuchaytirish, ularga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsad qilingan.

M. Sulaymonov, O‘zA