Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada maxsus-profilaktik tadbirlar boshlandi
13:18 / 2023-08-09

Farg‘ona viloyatida “Xavfsiz mahalla – xavfsiz xonadon” maxsus-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir jamoat tartibini saqlash, tezkor-kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan. Xo‘sh, uning samarasi qanday bo‘lmoqda?

Tezkor tadbir davomida Buvayda tumani “Yangiqo‘rg‘on” shaharchasida yashovchi T.D Qo‘qon shahar hamda Dang‘ara tumaniga tutash A 373 “Toshkent –Farg‘ona” katta yo‘li yoqasida 1 kilo “Gashish” giyohvandlik moddasini 13 ming AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan T.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Maxsus-profilaktik tadbirlari davomida Farg‘ona shahridagi xonadonlardan birida plastik kartalardan noqonuniy pul yechish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh qo‘lga olindi. O‘zbekiston tumani "Rajabgardi" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro S.T. qonunga xilof ravishda “Kral” rusumli pnevmatik miltiqni saqlab kelayotganligi aniqlanib, qurol daliliy ashyo sifatida olindi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

 

M.Sulaymonov, O‘zA