French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada Korzinka.uz savdo majmuasi ish boshladi
16:58 / 2021-05-28

Farg‘ona shahrida yangi bunyod etilgan Korzinka.uz savdo majmuasi foydalanishga topshirildi.

Ushbu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur kompleks aholiga qulay va maqbul savdo xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, qolaversa, hududning tadbirkorlik salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi xayrli qadamlardan biri ekanligini ta’kidladi.

[gallery-2586]

Zamonaviy, yorug‘ va xarid jarayoni uchun barcha qulayliklar yaratilgan majmuada oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy texnika vositalari, umuman, aholi ehtiyoji uchun zarur mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yildi. “Redtag” va “Flo” kabi nufuzli firmalarning brendga aylangan mahsulotlari ham xaridorlar uchun muntazir.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA