Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada Konstitutsiya kuni keng nishonlanmoqda
14:15 / 2025-12-07

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosib nishonlandi. “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida o‘tgan tantanali tadbirda viloyat rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, senator va deputatlar, nuroniylar, faollar va yoshlar ishtirok etdi.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bayram ishtirokchilarini samimiy tabriklar ekan, Konstitutsiya mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat barpo etish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida mustahkam huquqiy asos ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik ruhiga mos ravishda yangilangan Asosiy qonun xalqaro demokratik standartlar asosida qabul qilingani, unda inson manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yilgani qayd etildi.

Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan izchil amalga oshirilayotgan ijtimoiy davlat siyosati yurtdoshlarimizning munosib hayoti va farovon kelajagini ta’minlashga qaratilgani, “Inson qadri uchun” tamoyili esa hayotning barcha jabhalarida o‘z ifodasini topayotgani alohida ta’kidlandi.

[gallery-26618]

Shu bilan birga, viloyatda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, sohalardagi yangilanish va yutuqlarda Konstitutsiyaning o‘rni beqiyos ekani qayd etildi. X. Bozorov joriy yil 15-16 oktyabr kunlari Farg‘ona shahrida o‘tgan “Farg‘ona tinchlik forumi” nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro hamjamiyat uchun ham muhim voqea bo‘lganini yana bir bor urg‘ulab o‘tdi.

Tadbir davomida 2026 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash va aholi farovonligini oshirish yuzasidan belgilanayotgan maqsad va vazifalar haqida ham ma’lumot berildi.

Bayram tantanalari san’at ustalari va yosh iqtidorlar tomonidan taqdim etilgan gala-konsert bilan yakunlandi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA