Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada kichik sanoat zonalari soni ko‘paymoqda
09:38 / 2020-12-23

Oila farovonligini ta’minlash, ro‘zg‘orning butligi daromadga bog‘liq. Bu borada aholini muqim ish o‘rni bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish katta ahamiyatga ega.

Farg‘ona viloyati hokimligi mavjud resurs va imkoniyatlardan foydalangan holda  O‘zbekiston tumanidagi “Mingtut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 90 gektar maydonda “Mingtut” kichik sanoat zonasi, 140 gektar maydonda "Qo‘qon" kichik sanoat zonasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan edi. Kelgusida O‘zbekiston tumani va unga chegaradosh Qo‘qon shahri tadbirkorlarining sa’y harakatlari bilan yuzlab ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritadi, hudud aholisi ishli bo‘ladi. Ichki va tashqi bozor uchun sanoat mahsulotlarining turi ko‘payadi.

 Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi  Xayrullo Bozorov ikki chegaradosh tuman va shahar hududida tashkil etilayotgan sanoat zonasida bo‘lib,  63 ta tadbirkorlik sub’ektlarining istiqbolli  biznes loyihalari bilan tanishdi.

 - Pandemiya sharoitida iqtisodiyotni barqaror o‘sishini ta’minlash, yangi loyihalarni amaliyotga tadbiq etishda investitsiyalar hajmini oshirishning eng to‘g‘ri yo‘li bu – mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ijro hokimiyati vakillari har bir tadbirkor bilan yelkama-yelka turib ishlashga, hamkor va ko‘makchi bo‘lishga tayyorligimizni bilishingizni istardim,- dedi viloyat hokimi.

 Ta’kidlanishicha, “Mingtut”  mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasida  203 milliard so‘mlik  57 ta loyiha amaliyotga tadbiq etiladi. Dastlabki loyihalarga ko‘ra 1800 dan ziyod ishchi o‘rni yaratiladi. Ayni damda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan loyihalar taqdimoti davom etmoqda.  

   

M. Sulaymonov, O‘zA