English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada Kasaba uyushmalari kuni nishonlandi
16:52 / 2023-11-09

Farg‘ona shahridagi viloyat musiqali drama teatrida 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat kasaba uyushmalari tizimi faollari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi bugungi kunda kasaba uyushmalari chin ma’noda umumxalq tashkilotiga aylanib borayotganini ta’kidladi. Viloyatda ishchi-xodimlarning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlashda, aholi turli qatlamlarining ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishda, davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik masalalarida erishilayotgan salmoqli natijalar uchun soha xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

Ayni paytda viloyatda 3200 ta boshlang‘ich kasaba tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Viloyat kasaba uyushmalari o‘z safida 550 mingdan ziyod a’zoni birlashtirib, ularning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlashga yaqindan ko‘maklashmoqda. Joriy yilda kasaba uyushmalari tomonidan ishchi-xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash, ularning salomatligini tiklash, madaniy hordiq olishi, huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. 

[gallery-14479]

Bayram tadbirida bir qator soha fidoyilari viloyat hokimining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi. 

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng yaxshi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” singari tanlovlar g‘oliblariga diplom va pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Taniqli va xushovoz xonandalar ijro etgan kuy-qo‘shiqlar bayramga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan Jo‘ra Mahmudov muallifligidagi “Reportaj” spektakli namoyishi bilan yakunlandi.

M.Sulaymonov, M.Qodirov(surat), O‘zA muxbirlari