Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada jinoyatlar asosan ichkilikbozlik, ishsizlik, oilaviy va qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqmoqda
10:04 / 2021-07-24

Odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida Farg‘ona viloyat sudlari tomonidan 2021 yilning birinchi yarmida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati va tuman, shahar sudlari tomonidan jami 4 ming 356 nafar shaxsga nisbatan 3 ming 662 ta jinoyat ishi tamomlangan. Tamomlangan ishlardan 2 ming 869  nafar shaxsga nisbatan 2 ming 243  ta jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarildi.  

Sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida sudlar tomonidan joriy yil birinchi yarmida 5 nafar fuqaroga nisbatan tergov organi tomonidan qo‘yilgan ayblovlar bekor qilinib, ularning barchasiga birinchi instansiya sudlari tomonidan oqlov hukmlari chiqarilgan.Shuningdek, ushbu davrda 608 nafar shaxsga nisbatan 415 ta jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov organi tomonidan qo‘yilgan ayblov o‘zgartirilib (modda to‘liq ayblovdan chiqarilgan, modda qismi yoki bandi chiqarilgan yoki boshqa moddaga malakalanib hukm chiqarilgan) hukm o‘qildi.

Tahlillarga ko‘ra ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar Qo‘shtepa, Buvayda, Beshariq, Yozyovon, Furqat tumanlarida, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar Quvasoy shahrida, Bag‘dod, Dang‘ara, Uchko‘prik tumanlarida, og‘ir jinoyatlar Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari, O‘zbekiston tumanida, o‘ta og‘ir jinoyatlar Oltiariq, Quva, Rishton tumanlarida ko‘paygan.

Viloyat miqyosida sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlardan qasddan odam o‘ldirish yoki suiqasd qilish 9 taga, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 44 taga, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish 176 taga, qasddan badanga yengil shikast yetkazish, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash 87 taga, haqorat qilish 70 taga, bosqinchilik 11 taga, talonchilik 94 taga, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish  56 taga, firibgarlik 685 taga oshgan.

Tahlillar hisobot davrida ishlari sudda ko‘rilgan 4 ming 356 nafar shaxslarning 855 nafari yoki 19,6 foizi muqaddam sudlangan shaxslarni tashkil etishini, shuningdek, jinoyatlar asosan ichkilikbozlik, ishsizlik, oilaviy va qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqayotganligini ko‘rsatmoqda.

Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 2021 yil 29 apreldagi hukmiga ko‘ra, A.Akbarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari (ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan, ilgari qasddan odam o‘ldirgan shaxs tomonidan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlar o‘rganilganida A.Akbarov muqaddam bir necha bor sudlanganligi, ilgari qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganligi uchun sud tomonidan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmay qolgan qismi axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilib, ozodlikka chiqarilganligi, jinoyat sodir qilingan vaqtda vaqtincha ishsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.

bugungi kunda huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda IIB va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar olib borilayotgan bo‘lsa-da, amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar talab darajasida emasligi bu sohadagi hamkorlikni yanada jadallashtirishni taqozo etadi.

M.Sulaymonov, O‘zA