Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada ishonchli vakil bilan uchrashuvlar davom etmoqda
09:31 / 2023-06-13

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatidagi ishonchli vakili Mavludaxon Xo‘jayeva Oltiariq, Qo‘shtepa, Yozyovon tumanlarida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Toshloq tumanidagi bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan beshta strategik maqsad haqida so‘z yuritildi. 

Kelgusi yetti yilda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlar yanada jadal davom ettirilib, barcha sa’y-harakatlar faol ishga solinadi. Ishonchli vakil dasturdagi har bir maqsad va g‘oya “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida xalqimizning barcha toifasiga munosib turmush sharoitini yaratib berish asnosida ularni hayotdan rozi qilishga qaratilganligini ta’kidladi. Belgilangan maqsadlarning ro‘yobi sifatida 2030 yilga borib aholining turmush darajasi ikki baravarga yuksalishini dastur asosida tahlil etib berdi. 

Toshloqlik saylovchilarni Yangi O‘zbekistonning me’mori, yurtimizning xalqaro maydonda nufuzini oshirish uchun siyosiy irodasi va butun salohiyatini baxsh etayotgan Shavkat Mirziyoyev nomzodi uchun ovoz berishga chaqirdi.

–Men Shavkat Mirziyoyevning dasturini katta qiziqish bilan o‘qib chiqdim, – deydi fermer Ismoiljon Abdurahmonov. – Ammo hozir ishonchli vakil dasturdagi maqsadlarni yanada chuqurroq tushuntirib berdi. Aynan Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘zbek dehqonining yelkasiga oftob tegdi. Xo‘jaligim misolida aytamanki, paxta, g‘allachilikda hosildorlik keyingi uch-to‘rt yilda deyarli ikki baravarga oshgani u kishining agrar sohada olib borayotgan islohotlari samarasidir. Saylovoldi dasturda qishloq xo‘jaligi sohasida muhim vazifalar belgilangani, fermerlar uchun katta imkoniyatlar yaratilishi bizni yanada quvontirdi. 

[gallery-12303]

Uchrashuvda so‘zga chiqqan 22-o‘rta maktab direktori Ro‘zixon To‘xtamova, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Akmaljon Shermatov, mahalladagi yoshlar yetakchisi Azimjon Muhammedov, “Turvat” mahallasi xotin-qizlar faoli Sayyoraxon Ahmadjonovalar dastur maqsadlarini qo‘llab-quvvatladi. O‘z sohalarida olib borilayotgan islohotlar va ular bardavom bo‘lishi uchun barchani Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi. 
Ishonchli vakil Mavludaxon Xo‘jayeva bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

M.Sulaymonov,
M.Qodirov (surat), O‘zA