Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada irrigatsiya tarmoqlari yangilanmoqda
10:02 / 2026-02-02

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida irrigatsiya infratuzilmasini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, “Sirdaryo–So‘x” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi kanal va sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish hamda rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu suv yo‘qotishlarini kamaytirish hamda qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror suv bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2025–2026 yillarda viloyatda 7 ta kanal va sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Ushbu ishlar uchun davlat byudjetidan 54 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilib, 50 kilometrdan ziyod irrigatsiya tarmoqlarining suv o‘tkazuvchanligi yaxshilanadi. Ayni paytda barcha ob’ektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan me’yorlar asosida olib borilmoqda, zarur texnika va ishchi kuchlari to‘liq safarbar etilgan.

[gallery-27419]

Jumladan, Buvayda va Uchko‘prik tumanlaridagi fermer va aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlab kelayotgan Kartan kanalida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Umumiy qiymati 29 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida kanalning 19,1 kilometr qismi betonlashtirilmoqda. Loyiha yakunlangach, ikki tumandagi 3830 gektar sug‘oriladigan yer maydonlari barqaror suv bilan ta’minlanadi.

Ob’ektda 17 ta ekskavator, 13 ta maxsus texnika va 150 nafar ishchi-xodim jalb etilgan. Shu kunga qadar 7 kilometr yer ishlari hamda 3 kilometr betonlashtirish ishlari bajarilgan.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA