English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ish boshladi
18:15 / 2022-06-09

Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida ish boshlagan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasining ochilish tadbirida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov ishtirok etdi.

Tadbirda farg‘onalik tadbirkorlar va sanoat korxonalarining samarali mehnati e’tirof etildi. Prezidentimiz topshiriqlari bilan har bir viloyatda sanoat kooperatsiyalarini o‘tkazilishi katta ahamiyatga ega ekanligi, ushbu yarmarkalar respublikamizning viloyatlari ishlab chiqaruvchilarini bir-biriga bog‘lovchi katta maydon vazifasini o‘tayotganligi qayd etildi. 

Viloyatda o‘tkazilayotgan ushbu yarmarka barcha uchun manfaatli bo‘lishiga tilak bildirildi. Shundan so‘ng respublikamizning hududlari, shuningdek, Tojikistonning So‘g‘d hamda Qirg‘izistonning Botken viloyatlari rasmiylari va tadbirkorlaridan iborat delegatsiyalar yarmarkaga taklif qilindi. 

[gallery-7514]

Mehmonlar yarmarkada viloyatlardan tashrif buyurgan 300 dan ziyod to‘qimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, neft va gaz sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, qurilish materiallari, kimyo sanoati, elektrotexnika, farmatsevtika hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarning 1000 dan ortiq turdagi mahsulotlari namunalari, o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar, sanoat kooperatsiyasi orqali mahalliylashtirishga taklif qilinayotgan mahsulotlar hamda istiqbolli loyihalar bilan yaqindan tanishishdi. 

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ertaga, 10 iyun kuni ham davom etadi. 

M. Sulaymonov, M. Qodirov (surat), O‘zA