Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada hokim va o‘rinbosarlarining ish samaradorligi tahlil qilindi: kim qanday natija ko‘rsatdi?
13:01 / 2021-05-24

Farg‘ona viloyatida hokim va uning o‘rinbosarlarining har chorak yakunlari bilan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash tizimi, ya’ni (KPI) joriy etilmoqda.

bugungi kunda davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda. Davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishda ochiqlik tamoyiliga qat’iy amal qilinyapti, rahbarlarning ish samaradorligi va kompetensiyasini baholovchi mezonlar ishlab chiqilmoqda. Farg‘onada joriy etilayotgan yangi tizim ham ana shu ishlardan biridir. Bunda davlatimiz rahbarining 2019 yil 3 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar muhim dasturilamal bo‘layotir.

KPI – nima?

KPI (Key Performance Indicators) – davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan funksional majburiyatlar va topshiriqlar ijro etilishining samaradorligi, natijadorligini baholash uchun qo‘llaniladigan hamda miqdoran o‘lchash mumkin bo‘lgan baholash indikatoridir.

Prezidentimizning 2020 yil 5-6 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan dastlab Qo‘qon shahri va Quva tumani hokimi, uning o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholab borish yo‘lga qo‘yildi. Hudud rahbarlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida mazkur tajriba 2021 yildan boshlab barcha tuman (shahar) hokim va uning o‘rinbosarlari faoliyatiga tatbiq etildi.

Baholash tizimini joriy etish, xodimlar faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirish bo‘yicha viloyatning 19 ta tuman (shahar)lari hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida seminar, yig‘ilishlar o‘tkazildi. Eksperiment davomida hokimlar va ularning o‘rinbosarlari faoliyati bo‘yicha 59 ta aniq belgilab berilgan vazifa, 73 ta ko‘rsatkich orqali EMSK asosida baholanib, ularning reytingi shakllantirib borilmoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, tuman (shahar) hokimlari o‘rinbosarlari uchun hisobot davrida erishilishi lozim bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarini avvaldan belgilab berilgan taqdirda, ular tomonidan aniq rejalashtirilgan tadbirlar asosida tegishli ko‘rsatkichlarga erishish imkoniyati bir necha barobar oshdi.

Eksperiment tariqasida o‘tkazilgan reyting baholash bo‘yicha 2021 yil 1-chorak natijalariga ko‘ra, Beshariq tumani 96,3, Quvasoy shahri 92,6, Rishton tumani 90,7 ball bilan yuqori o‘rinni egallagan bo‘lsa, Oltiariq tumani 67,9, O‘zbekiston tumani 65, Marg‘ilon shahar 60,9 ball bilan eng past ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichlar barcha soha bo‘yicha o‘rinbosarlari kesimida ham doimiy tahlil qilinib, reyting shaklida baholab kelinadi.

Hokim o‘rinbosarlari kesimida:

– Tuman (shahar)lar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari:

Eng yuqori – Rishton tumani (113,5 foiz);

Eng past – Buvayda tumani (80,0 foiz).

–Tuman (shahar)lar hokimlarini o‘rinbosarlari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limlari boshliqlari:

Eng yuqori – Toshloq tumani (141,6 foiz);

Eng past – O‘zbekiston tumani (15,1 foiz).

– Tuman (shahar)lar hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari:

Eng yuqori – Furqat tumani (83,0 foiz);

Eng past – Farg‘ona tumani (20,9 foiz).

–Tuman (shahar)lar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari:

Eng yuqori – Farg‘ona shahri (110,5 foiz);

Eng past – Marg‘ilon shahri (58,4 foiz).

–Tuman (shahar)lar hokimlari o‘rinbosarlari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari boshliqlari:

Eng yuqori – Rishton tumani (109,7 foiz);

Eng past – Uchko‘prik tumani (41,0 foiz).

–Tumanlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari:

Eng yuqori – Beshariq tumani (124,6 foiz);

Eng past – Qo‘shtepa tumani (67,3 foiz). – Hokim va uning o‘rinbosarlari faoliyatini EMSK asosida baholash tizimining amalda tatbiq etilishi mahalliy ijroiya organlari faoliyati samaradorligi oshishi hududlar o‘rtasida sog‘lom raqobat paydo bo‘lishi va rahbarlarni natijadorlikka yo‘naltirilganligini ko‘rish mumkin, – deydi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali rahbari Saidfarruh Islomov. – Albatta, bugungi kunda har bir rahbar uchun berilgan topshiriqlar qay darajada «mahallabay», «fuqarobay» yangi mexanizm bo‘yicha ishlayotganligi yoki ijrosiz qolib ketayotganligi bo‘yicha doimiy monitoring qilish tizimi paydo bo‘lgani bizni quvontiradi.

 

M.Sulaymonov, O‘zA