French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan MCHJ rahbari ushlandi
12:28 / 2023-06-20

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamagirlik holati fosh etildi.

Farg‘ona shahridagi “A.I.” MCHJ rahbari N.Ch. fuqaro A.Q.ga o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan, ularni ijobiy yakunlaganligi haqida ma’lumotnoma berib, “S” va “D” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 1 ming 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

M.Sulaymonov, O‘zA