FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi teatr va konsert saroyida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan “Yangi O‘zbekiston — yoshlar mamlakati!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, harbiy orkestr jamoasi, “Vatanparvar” tashkilotining Farg‘ona viloyat kengashi, hamkorlikdagi tuzilmalar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
[gallery-12232]
Festival doirasida harbiy orkestr jamoasi tomonidan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar, faxriy qorovul jamoasi bilan birgalikdagi maxsus chiqishlar, ko‘rgazmali qo‘l jangi hamda harbiy xizmatchilar tomonidan turli dasturlar namoyish etildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar va “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan tashkil qilingan ko‘rgazma ham yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA